
Mourino “Barselona”ni bosh og‘rig‘idan qutqarmoqchi
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun “Barselona” vakili Samyuel Umtitini olib kelmoqchi.
Frantsiyalik futbolchi kataloniyaliklarning asosiy tarkibiga kira olmayapti va boshqa jamoalardan bo‘layotgan takliflarni rad etib kelmoqda.
Mourino esa, Umtitini yanvar oyining o‘zidayoq ijaraga olishni maqsad qilgan.
28 yoshli futbolchi “basrelona”ga 2016 yili “Lion”dan olib kelingan. Boshida asosiy tarkibdan muqim o‘rin olgan himoyachi keyingi yillarda joyini raqobatchilarga topshirib qo‘ydi. Kataloniya klubini qabul qilib olgan Xavi ham bu o‘yinchining ixzmatlariga ehtiyoj sezmayapti.
Umtiti joriy mavsumda atigi bir marta maydonga tushib, o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q. Uning “Barsa” bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha davom etadi va transferi atigi 2 million evroga baholangan.
Fikrlar