Mourino "Benfika" bosh murabbiyi etib tayinlandi

  • 18.09.2025 20:18
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Benfika" rasman Joze Mourinoni jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida e’lon qildi. 62 yoshli mutaxassis ikki yillik shartnoma imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyi oxirida "Fenerbaxche" Mourinoni Chempionlar ligasi pley-off bosqichida aynan "Benfika"dan mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng lavozimidan bo‘shatgan edi (0:0, 0:1).

Joze 2000 yilda ham "Benfika"ni bir necha oy boshqargan. Shuningdek, u "Portu", "Chelsi", "Inter", "Real", "Manchester Yunayted", "Tottenxem" va "Roma" klublarida ham ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!