Mourino Beylning qachon safga qaytishini aytdi
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino Garet Beylning qachon safga qaytishi haqida gapirdi:
"U yakshanba kuni "Vest Xem"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda maydonga tushishi mumkin. Agar bunday bo‘lmasa, unda payshanba kuni maydonga qaytadi. Shunisi aniqki, tez orada uni maydonda ko‘rishingiz mumkin. Albatta, Garet futbol o‘ynashni istaydi. Biroq uni xohlagan vaqtida maydonga tushira olmayman. Buning uchun jismonan tayyor bo‘lish lozim".
Beyl "shporlar" tarkibiga ijara asosida "Real"dan kelib qo‘shildi. Hozircha, u jarohatini tiklashda davom etmoqda.
Fikrlar