Mourino bilan ko‘rishishimga ruxsat berishmayapti!

  • 13.08.2021 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Roma”ning argentinalik yarim himoyachisi Xaver Pastore klub rahbariyati futbolchini bosh murabbiy Joze Mourino bilan uchrashishiga yo‘l bermayapti.

- Meni asosiy guruhda mashg‘ulot o‘tashim tugul, Mourino bilan ko‘rishishga ham ruxsat berishmayapti. Murabbiyga o‘z o‘yinimni ko‘rsatishim uchun ham hech qanday imkon yo‘q. Men “Roma” sotishni va ijaraga berishni kerak bo‘lgan 20 nafar futbolchi bilan mashq qilib yuribman, - dedi Xaver Pastore.

Xaver Pastore “Roma”ga 2018 yilda 24 million evroga transfer qilingan edi. Biroq, jarohatlar va o‘yin sifati tufayli Rim klubi etakchilari qatoriga qo‘shila olmadi.

Mashhur futbolchi Argentinadan Evropaga ko‘chib o‘tganidan keyin Italiyaning “Palermo” va Frantsiya grandi PSJ tarkibida o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!