Mourin'yo: “Biz YEChL qirollari bilan o‘ynaymiz”

  • 08.02.2026 15:02
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga qur’a tashlash marosimiga munosabat bildirdi.

"Bizda faqat ikkita variant bor edi: "Real" yoki "Inter". Tanlov unchalik katta emas edi. Bizga qirol tegdi. O‘tgan kuni "Real" futbolchisi o‘yindan keyin menga futbolkasini taklif qilganida, "Benfika" futbolchilariga "qaymoqranglilar"ning yengiga taqiladigan emblemani hazil tariqasida ko‘rsatgandim. Ularning Chempionlar Ligasi kuboklari 15 ta... Ular - qirollar.

Bu shunchaki tarix emas. Biz, albatta, turnir g‘olibligi uchun asosiy da’vogar bilan o‘ynashimiz kerak. Ammo ungacha bizda yana uchta o‘yin bor va aynan ularga e’tibor qaratishimiz kerak", - deya Mourinyoning so‘zlarini keltiradi Marsa.

Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 8-turidan o‘rin olgan o‘yinda "Benfika" "Real"ni 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Jamoalarning pley-off bosqichidagi ilk uchrashuvi 17 fevral kuni, javob uchrashuvi esa 25 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!