Mourino bu futbolchini olib qolishni talab qilyapti

  • 1 dekabr, 2022, 14:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” rahbariyatining universal hujumchi Nikolo Dzanolo bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralari sentyabr oyida to‘xtab qolgan edi.

Tecno

Jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino klub mutasaddilaridan 23 yoshli futbolchi bilan tezroq bitim tuzishni so‘rayapti.

“Roma” navbatdagi muzokaralarni yanvarda qayta tiklashi mumkinligi aytilmoqda. Dzanoloning o‘zi kelajagiga oydinlik kiritilishini istayapti. Chunki bu o‘yinchiga bir necha jiddiy klub da’vogarlik qilmoqda.

Dzanolo 2018 yildan beri “Roma” sharafini himoya qilmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 iyunida yakunlanadi.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!