Mourino “Chelsi”dan uchralgan mag‘lubiyat sababini aytdi

  • 1 oktabr, 11:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining ikkinchi turida Joze Murino yaqinda qabul qilib olgan “Benfika” Londonda “Chelsi” bilan kuch sinashib, kichik hisobda imkoniyatni boy berdi.

Tecno

Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona goli “Benfika” futbolchisi Rios  18-daqiqada o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi.

O‘yindan keyin Joze Mourino mag‘lubiyat sabablarini  tushuntirdi.

Biz ikki kun farqi bilan ketma-ket to‘rtta o‘yin o‘tkazdik. Biz mashg‘ulot o‘taganimiz yo‘q, tiklanish mashqlarini bajardik xolos. Mening murabbiy sifatidagi eng kuchli tomonlarimdan biri maydonda va mashg‘ulotlarda ishlashdir. Bunga vaqtimiz bo‘lmadi.

O‘yin haqida gapirsam, mag‘lubiyat har doim mag‘lubiyatligicha qoladi, lekin ular turlicha bo‘lishi mumkin. Bu galgisi o‘yinchilarga turtki bo‘la oladigan omadsizlikdir. Chunki o‘yin barqaror kechdi. Biz durangga erishishimiz ham mumkin edi va bu ijobiy natija bo‘lardi.

Jamoa mavsum davomida murabbiyni almashtirar ekan, bu natijalarning qoniqarsizligi tufayli vujudga keladigan holat hisoblanadi. Bizda muayyan muammolar bor va futbolchilar bunaqa vaziyatlardan osonlikcha qutila olmaydi, - dedi Joze Mourino.

“Benfika” Chempionlar ligasi doirasidagi keyingi uchrashuvini 21 oktyabr kuni o‘z maydonida “Nyukasl Yunayted”ga qarshi o‘tkazadi. “Chelsi” bir kundan keyin “Ayaks”ni qabul qiladi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!