
Mourino endi Italiya stadionlariga kiritilmaydi!
2022 yilning 1 yanvaridan Italiya hukumatining yangi qarori kuchga kirdi.
Unga ko‘ra, “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino maydon chetidan jamoani boshqarish huquqidan mahrum bo‘ldi.
Gap shundaki, yangi qarorda har qanday sport va ommaviy-madaniy tadbirlarga faqat antikovid sertifikatiga ega odamlar kiritilishi belgilandi.
Antikovid sertifikatiga ega bo‘lib uchun to‘liq vaktsinatsiya jarayonidan o‘tish talab etiladi. Shuningdek, kovid bilan og‘rigan bemorlarda antitanachalar hosil bo‘lgani inobatga olinib, ular kasallanganidan keyin 105 kun davomida vaktsinatsiyadan ozod hisoblanadi.
Manbalarning ta’kidlashicha, Joze Mourino koronavirusga qarshi emlanishdan bosh tortib kelmoqla. Shuningdek, u hali kovidga chalinmagan. Hukumat qaroriga ko‘ra, porutgaliyalik mutaxassis vaktsinatsiyadan to‘liq o‘tmasa, stadionga kiritilmaydi va maydondan turib, shogirdlarini boshqara olmaydi.
Ayni paytda “Roma”ning huquqshunoslari bu masalaning echimini topish bo‘yicha ish boshlagani aytilmoqda.
“Roma” 2022 yildagi ilk uchrashuvini 6 yanvarda safarda “Milan”ga qarshi o‘tkazishi lozim.
Mourino qiynalayotgani tabiiy hol
Italiyalik mutaxassis Massimo Moratti Rim klubini boshqarayotgan Joze Morino haqida gapirdi.
- Joze Mourino hozir duch kelayotgan qiyinchiliklar tabiiy hol hisoblanadi, chunki u yangi jamoa tuzmoqda. Rim muhiti murakkab joy. Hozirgi jamoada yaxshi o‘yinchilar bor, lekin ularning soni kam. Jarohatlar va kovid vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda.
Rim chiroyli joy. Lekin ular bu haqda nima deyishlarini bilasizmi? Joy qanchalar chiroyli bo‘lsa, o‘sha erda muammo va qiyinchiliklar ham ko‘p bo‘ladi, - deydi Massimo Moratti.
“Roma” xo‘jayinlari Joze Mourino oldiga uch yil ichida jamoani superklublar qatoriga qo‘shish vazifasini qo‘ygan. Joriy mavsumda rimliklar Evropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma, Konferentsiyalar ligasi bosh sovrini va Italiya kubogiga ega chiqishi talab etiladi.
“Roma” transferi barbod bo‘lish arafasida
Rim klubi “Arsenal”dan Enzli Meytlend-Naylzni olishga harakat qilmoqda. Avvaliga tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar juda yaxshi boshlandi. “Kanonirlar” asosiy tarkibga kira olmayotgan futbolchini qo‘yib yuboradigan, o‘yinchining o‘zi Rimga keladigan bo‘ldi.
Biroq, transfer summasiga kelganda klublar o‘rtasida kelishmovchilik paydo bo‘ldi.
Ma’lumki, Rim klubi iste’dodli yarim himoyachini keyinchalik sotib olish huquqi bilan mavsum oxiriga qadar ijaraga olmoqchi edi. Bunga londonliklar ham rozi. Biroq, “Arsenal” xo‘jayinlari “Roma” futbolchining transfer huquqini 15 million evrodan kam bo‘lmagan summaga sotib olishini talab qilyapti.
Bu narx “bo‘rilar”ga umuman to‘g‘ri kelmaydi. “Roma” sport direktori Tyagu Pinto 25 yoshli o‘yinchi uchun 10 million evrga etmagan mablag‘ to‘lanishini ta’kidlagan.
Shu tariqa, Enzli Meytlend-Naylzning “Roma”ga transferi bo‘yicha o‘tkazilayotgan muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi.
“Roma” alternativ variantlarni qidirishni boshlab yubordi va dastlabki nomzodni topdi.
Tyagu Pinto “Arsenal” futbolchisi o‘rniga Bundesligadan Almami Tureni mo‘ljallab turibdi. “Ayntraxt” sharafini himoya qilayotgan malilik futbolchi jamoaning asosiy tarkibiga kira olmayapti va boshqa klubga o‘tishga tayyor.
“Roma” Frantsiya fuqaroligiga ega Turening transferi 8 million evro atrofidagi mablag‘ga hal qilishi mumkin.
Fikrlar