
Ana xolos! Shomurodovning raqobatchisi Angliyaga ketmoqda!
“Roma” asosiy tarkibiga kirish uchun Eldor Shomurodov bilan raqobatlashayotgan Borxa Mayoral Angliya chempionatiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.
Hozircha, rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourino o‘zbek legioneriga ko‘proq ishonch bildirmoqda. Klub “Real”dan ijaraga olingan Borxa Mayoralni tezroq ortga qaytarib yubormoqchi va uni 20 million evroga sotib olish huquqidan foydalanmaslikka qaror qilgan.
“Real” mutasaddilari ham 24 yoshli hujumchini “Roma”dan ketishini istayapti. Chunki unga o‘yin amaliyoti kerak. Madridliklarda Borxani birinchi jamoaga jalb qilish maqsadi yo‘q. Ular o‘z tarbiyalanuvchisini yanvarda boshqa jamoaga sotib yuborishni ko‘zlayapti. Shu bois, Mayoralni ijaraga olishga urinayotgan “Fiorentina”ning kelishuvi to‘xtab qolgan.
Mayoralga yagona xaridor “Kristal Pelas” bo‘lmoqda. Angliya klubi hujumchini to‘liq transfer qilmoqchi. Bu variant madridliklarni ham qoniqtirmoqda. Mayoralning o‘zi ham muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib uchun premer-ligaga o‘tishga qarshi emas.
Ayni paytda “Qirollik klubi” vakillari “Kristal Pelas” bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Borxaning transferi uchun inglizlar 15 million evro atrofida xarajat qilishi kerak bo‘ladi.
“Roma” uch futbolchi bilan shartnomani yangiladi
Rim klubi uch futbolchi Edoardo Bove, Nikola Zalevski va Ebrima Darbo bilan shartnomalar uzaytirilganini rasman ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, italiyalik Bove va polshalik Zalevski 2025 yilning yarmigacha “Roma” o‘yinchisi hisoblanadi. Gambiyalik legioner Darbo esa ulardan bir yil ko‘p Rimda qoladigan bo‘ldi.
- Bu o‘yinchilar bilan shartnomaning uzaytirilgani klub o‘z tarbiyalanuvchilariga qanday munosabatda ekanini aks ettiradi. “Roma” o‘z tarbiyalanuvchilariga suyanadi va ularning rivojlanishiga xizmat qiladi. Bu shartnomalar qolgan tarbiyalanuvchilarimizning ishtiyoqini oshiradi, - dedi “Roma” sport direktori Tyagu Pinto.
“Roma” hujumchisiga Ispaniyadan taklif tushdi
Rim klubining ispaniyalik hujumchisi Karles Peres tez orada yurtiga qaytib ketishi mumkin.
23 yoshli futbolchiga “Kadis” jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda va uni qishki transferlar vaqtida o‘z safiga qo‘shib olishi kutilyapti .
Karles Peres Joze Mourino qo‘l ostida o‘zi istaganchalik o‘yin vaqtiga ega bo‘lmayapti. Portugaliyalik mutaxassis oldingi chiziqda ko‘proq Temmi Abraxam, Eldor Shomurodov, Stefan El-Shaaravi, Nikolo Dzanologa ishonch bildirmoqda.
“Roma”dan tashqari “Barselona”da o‘ynagan Peresning o‘zi ham muntazam maydonga tushish uchun “Kadis” taklifini qabul qilishga tayyor.
Vilyarga ikki klub xaridor
“Roma” tarkibida A Seriyaning joriy mavsumida birorta o‘yinda qatnashmagan yarim himoyachi Gonsalo Vilyar ikkita jamoa xaridor bo‘lmoqda.
23 yoshli ispan futbolchiga o‘z yurtidan qiziqish bor. Manbalarning ma’lum qilishicha, “Selta” va “Elche” jamoalarini uni o‘z safiga chorlamoqda.
Vilyar joriy mavsumda faqatgina Konferentsiyalar ligasida olti marta maydonga tushdi xolos. Jozu Mourino bu o‘yinchiga ishonch bildirmayapti. Vilyarning transfer summasi 14 million evroga baholanmoqda.
Kalafori “Kalyari”ga yordam beradi
“Roma” rahbariyati yosh futbolchi Rikkardo Kalaforining tajribasini oshirish maqsadida “Kalyari” klubiga ijaraga berishga qaror qildi.
Kalafori asosiy tarkibga kirishda Matias Vinaga imkoniyatni boy bermoqda. Yaqinda safga jamoaning etakchi himoyachilaridan Leonardo Spinatstsola ham qaytadi. Yosh futbolchi o‘yin amaliyotisiz qolib ketmasligi uchun rimliklar uni boshqa jamoaga jo‘natmoqda.
Kalaforiga “Kalyari”dan tashqari A Seriya jamoalaridan “Verona”, “Sassuolo” va “Udineze” ham qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar