Shomurodovning narxi tushib ketdi...

  • 29 dekabr, 2021, 09:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Transfermarkt portali Italiya A Seriyasida o‘ynayotgan 573 futbolchining transfer narxlarini yangiladi.

A Seriya vakillari orasida narxi keskin ko‘tarilganlar orasida “Fiorentina” to‘purari Dushan Vlaxovich birinchi o‘rinda qayd etilgan. Serbiyalik hujumchining narxi 20 million evroga oshdi va ayni paytda 70 million evroni tashkil qilmoqda.

Transfer summasi ko‘tarilgan o‘yinchilarning kuchli o‘nligini quyida jadvalda ko‘rishingiz mumkin.

marktwertspruenge-seria-a-ru-28122021-1640681540-77615

Shuningdek, nufuzli portal mutaxassislari tomonidan tuzilgan eng arzonlashgan futbolchilar ro‘yxatini “Napoli” hujumchisi Lorentso Insene boshqarib bormoqda.

Italiyalik o‘yinchi 13 million evroga arzonladi va bugungi kundagi transfer summasi 35 million evroga tushib qoldi. Narxi  pasaygan o‘yinchilar o‘nligidan 10 million evroga arzonlagan  “Yuventus” hujumchisi  Alvaro Morata, turinliklar yarim himoyachisi Artur, “Napoli”ni tark etishga qaror qilgan Kostan Manolas bor.

Shuningdek, “Latsio”dan Luis Alberto,  Chiro Immobile, “Milan”dan Ismoil Bennaser, “Atalanta”dan Luis Muriel, “Yuventus”dan Aleks Sandro va Adrien Raboning transfer narxi 8 million evrodan arzonlashdi.

Eldor Shomurodov avvalgi reytingda ikki barobar qimmatlab, transfer summasi 7 million dan 14 million evroga ko‘tarilgan edi. Biroq, yil yakunlari bo‘yicha hamyurtimizning narxi arzonlagani qayd etildi.

Umuman olganda, transfermarkt portali MDH hududiga kiruvchi futbolchilarning transfer summasi o‘zgarishiga alohida e’tibor qaratdi.

“Roma” sharafini himoya qilayotgan Eldor Shomurodov asosan zaxiradan o‘yinga qo‘shilmoqda va boshlang‘ich tarkibda juda kam ko‘rinish bermoqda. O‘yin vaqtining kamligi hamyurtimizga gollar va assistlar sonini oshirishga xalaqit qilyapti.

Shomurodov A Seriyada 15 marta maydonga tushib, umumiy hisobda 500 daqiqa o‘ynadi xolos. Samarali harakatlari ikkita gol va uchta golli pasdan iborat bo‘ldi. Shunga yarasha, yangi reytingdagi narxi ikki millionga arzonlab 12 million evroni tashkil qilyapti.

Eldorning jamoadoshi Genrix Mxitaryan besh millionga arzonladi va mavsum oxirida “Roma”dan ketadigan yarim himoyachi 10 million evroga baholanyapti. Armanistonlik pleymeyker joriy mavsumda 18 ta uchrashuv 1392 daqiqa maydonda harakatlandi, ikkita gol to‘rtta assist muallifi bo‘ldi.

9618e6f6df91d7777c9ac9b1524f8dc461c3899d9c3dc999682577_1

“Atalanta”da asosiy tarkibga kirish uchun kurashayotgan rossiyalik hujumkor futbolchi Aleksey Miranchuk A Seriyada o‘nta bahs davomida 264 daqiqa o‘ynab, bitta goli bilan yodda qoldi. Uning transferi 2,5 millionga tushib ketdi va umumiy summa 11 million evroni tashkil qilyapti.

“Spetsiya”da o‘ynayotgan ukrainalik Viktor Kovalenkoning harakatlari ham portal mutaxassislariga ma’qul kelmadi. “Atalanta”dan ijaraga olingan yarim himoyachi 12 ta bahsda bitta to‘p kiritdi. Avval 4 million evro turgan futbolchi 500 ming evro yo‘qotdi.

“Fiorentina”ga kelganidan beri qariyb bir yil davomida o‘z joyini topa olmayotgan rossiyalik Aleksandr Kokorin to‘rtta uchrashuvda atigi 28 daqiqa ko‘rinish berdi. 500 ming evroga arzonlagan o‘yinchining narxi endi 1,5 million evro ekani qayd etildi.

ex-ussr-player-serie-a-ru-1640722190-77680

“Atalanta”ning asosiy o‘yinchilaridan hisoblangan Ruslan Malinovskiyda o‘zgarish bo‘lgani yo‘q. 14 ta uchrashuvda to‘rtta gol va bitta golli pas muallifi bo‘lgan yarim himoyachi 30 million evroga baholanmoqda.

Eldor Shomurodovning sherigi Odil Ahmedov o‘ynagan jamoa bilan kelishuvga erishdi

O‘runovning transferi bo‘yicha jinoiy ish ochilishi kutilmoqda. Hammasi Oston rostini aytib qo‘yganidan boshlangan!

Yaxshiboev "Real"ga gol urganidan keyin transfer narxi qanchaga oshdi?

Bu jamoada Shomurodovga o‘rin yo‘q!

Shomurodov “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Arsenal” futbolchilari bilan o‘ynashi mumkin!

O‘runovni “Spartak”da nega o‘ynatishmadi? Sirlar ochilmoqda!

Shomurodov “Olimpiko”ni portlatdi!

Rossiya klubi O‘runovni transfer qilishga o‘ylanib qoldi!

Shomurodov shoshilmasa bo‘lmaydi!

Birorta nashr Shomurodovni asosiy tarkibga loyiq ko‘rmadi, Mourino esa...

   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!