Mourin'yo hakamlar hurmatiga “oyoq bosdi”
Las-Rosas shahrida Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) tomonidan tashkil etilgan Murabbiylar qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda RFEF Hakamlar texnik qo‘mitasi (CTA) prezidenti Fran Soto ishtirok etdi. U hakam shaxsiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish muhimligini ta’kidlab, murabbiylarni o‘z jamoalari uchun mas’ul shaxslar sifatida “hamdardlik” ko‘rsatishga chaqirdi.
Maqsad hakam obrazini yanada insonparvarlashtirishdan iborat bo‘lgan. Bu haqida Marca xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, yig‘ilishda Joze Mourin’yo va Manuel Pellegrini kabi taniqli mutaxassislar qatnashmagan.
“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik tadbirda ishtirok etgan, ammo kataloniyaliklarning kechki mashg‘ulotida qatnashish uchun tez orada yig‘ilishni tark etgan.

Fikrlar