Mourino ishonch bildirmayotgan hujumchi A Seriyaning boshqa klubiga o‘tishi mumkin

  • 10.11.2021 08:35
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Roma" safida ijara asosida to‘p tepayotgan "Real" hujumchisi Borxa Mayoral faoliyatini Italiyaning boshqa klubida davom ettirishi mumkin. 

Joriy mavsumda 24 yoshli forvard A Seriyaning atigi 3 ta o‘yinida maydonga tushdi. Bu esa madridliklarning talablariga to‘g‘ri kelmaydi. Uni qishki transferlar oynasida "Fiorentina" ijaraga olishi mumkin. 

Ispaniyalik futbolchining Florentsiya klubiga to‘liq transferi ham amalga oshishi ehtimoli mavjud. Mayoralning transfer qiymati 14 million evroga baholanmoqda. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!