
Mourino: Jamoamning g‘alabasiga oxirigicha ishonaman
“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino “Kristal Pelas”ga qarshi (3:2) Angliya chempionati 29-tur o‘yinidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Mankunianlar 55-daqiqada 0:2 hisobida ortda borayotgandi, ammo o‘yin yakunida Mourino shogirdlari 3:2 hisobidagi g‘alabaga erishdi.
“Jamoamning g‘alabasiga oxirigicha ishonaman va umrimning oxirigacha shunday bo‘ladi ham. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida zafar quchish uchun ozgina omad kerak bo‘ladi. Odatda, faqatgina g‘olib jamoa taqsinga sazovor, biroq Roy Xojson bugun barcha ishni to‘g‘ri bajardi”, – dedi portugaliyalik mutaxassis.
Fikrlar