Mourino: Jamoani yarim yo‘lda tashlab ketmayman!

  • 21 oktabr, 2021, 17:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourino o‘ziga “Nyukasl”dan bo‘layotgan taklif bo‘yicha yakuniy qarorini bildirdi. Angliya klubi saudiyalik investorlar qo‘liga o‘tganidan keyin yangi rahbariyat jamoaga taniqli murabbiylardan birini olib kelmoqchi bo‘lyapti.

“Nyukasl”ni boshqarishi mumkin bo‘lgan nomzod orasida Joze Mourino ham bor.

- “Nyukasl”da ishlaymanmi? Yo‘q, “Roma”da qolishga qaror qilganman. Ketmayman. “Roma” bilan uch yillik shartnoma tuzganman va futbolchilarimni yarim yo‘lda tashlab ketmayman, - dedi Joze Mourino.

Ta’kidlash joizki, portugaliyalik mutaxassis “Roma”da ham “Nyukasl” talab qilayotgan ishni bajarmoqda. Mourino “Roma”ni grand klublar qatoriga qo‘shishi, jamoani Chempionlar ligasining muntazam ishtirokchisiga aylantirishi, Italiya kubogi va UEFA Konferentsiyalar ligasida g‘olib chiqishini ta’minlashi kerak.

Shomurodov bugun asosiy tarkibda o‘ynaydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
21/10/2021 22:06
Баттар бўл Маур Будё Глит 2:0 қилди. Элдорни тушрмадинг асосийда... баттар бўл Жозе Маур...