
Mourino: Kloppni kuchli murabbiy deb hisoblamayman
Portugaliyalik mashhur mutaxassis Joze Mourino yaqinda "Liverpul" bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan Yurgen Kloppni kuchli murabbiy deb hisoblamasligini aytdi.
“To‘g‘ri, g‘alaba baribir g‘alaba. Ammo, bu bilan Klopp meni hayratlantirdi deya olmayman. Men u bilan ko‘pdan buyon tanishman. U mag‘lubiyatlardan so‘ng tushkunlikka tushmaydi va olg‘a intilishga harakat qiladi. U o‘tgan mavsum Chempionlar ligasi va Angliya kubogi finalida mag‘lub bo‘ldi, APL chempionlik poygasida “Manchester Siti”ga imkoniyatni boy berdi. Lekin u shunda ham taslim bo‘lmadi. Shunday bo‘lsada men uni mavsumning eng kuchli murabbiyi deb ayta olmayman”, - deydi Mourino.
Fikrlar