
Mourino klub rahbarining yoqimtoyini baribir haydaydigan bo‘ldi
Joze Mourino “Tottexem”ga kelganidan keyin o‘z odatiga ko‘ra, blduz futbolchilarga zarba berishni kanda qilmayapti. Portugaliyalik mutaxassis London klubini qabul qilib olgandan keyin Angliyaning eng iqtidorli yarim himoyachilaridan Dele Alliga o‘yin bermay qo‘ydiyu
Biroq, “Tottenxem” prezidenti Daniel Levi klubga ko‘p mehnati singgan o‘yinchiga qattiq ishongani uchun uning ketishiga ko‘nmagan edi. Alli o‘yinga tushmasa, terma jamoadagi o‘rnini yo‘qotadi va yozda bo‘ladigan Evropa chempionatida ishtirok etolmaydi. Shu bois, u boshqa jamoaga o‘tmoqchi.
Klub rahbari uning bu talabini qo‘llab-quvvatlab, Allini ijaraga qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi. Levi bu futbolchini yaqin kelajakda jamoaga qaytishidan umidvor.
Mourino 2015 yildan buyon klubda bir mavsumda kamida 25 ta o‘yinda qatnashadigan 24 yoshli futbolchini atigi 68 daqiqa o‘ynatdi xolos.
Fikrlar