Mourino kutgan futbolchi superklubga o‘tib ketadi

  • 22.01.2022 21:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Joze Mourino sobiq jamoasidagi shogirdi Tangi Ndombeleni “Roma”ga olib kelishni istayotgan edi. Biroq, frantsiyalik futbolchi PSJga o‘tishga yaqin turibdi.

“Tottenxem” bosh murabbiyi Antonio Konte Ndombeleni mashg‘ulotlar va uchrashuvlardan chetlatganidan keyin Parij superklubi mutasaddilari inglizlarga murojaat qilib, o‘yinchini mavsum oxirigacha ijaraga jo‘natishni taklif qilgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, ayni paytda tomonlar Ndombelening maoshini to‘lash variantlarini muhokama qilyapti. Bundan tashqari, PSJ uni keyinchalik sotib olish huquqini qo‘lga kiritish harakatida ekani aytilyapti.

25 yoshli futbolchi 2019 yilning yozida “Lion”dan 60 million evroga transfer qilingan va “Tottenxem” tarixida eng qimmatbaho o‘yinchiga aylangandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!