
Mourino "Lester"ga qarshi javob o‘yinida jarohat olgan Mxitaryan o‘rniga kimni tushiradi?
“Roma” o‘tgan hafta “Lester”ga qarshi bo‘lib o‘tgan UEFA Konferentsiyalar ligasi yarim finalining birinchi o‘yinida yarim himoyachi Genrix Mxitaryandan ayrilgan edi.
Taxminlarga ko‘ra, armanistonlik futbolchi muskullari zo‘riqishi kuzatilgan va u 3 hafta maydonga tusha olmaydi.
Endi bosh murabbiy Joze Mourino yarim himoya chizig‘ida Mxitaryanning o‘rniga muqobil futbolchi topishi kerak.
Il Tempo nashri xabariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis Rimda bo‘ladigan javob bahsida Mxitaryan o‘rniga Serxio Oliveyrani maydonga tushiradi.
Eslatib o‘tamiz, “Roma” – “Lester” uchrashuvi 5 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Fikrlar