
Mourino: "Liverpul"da Kloppdan norozi futbolchi yo‘q
Portugaliyalik mashhur mutaxassis Joze Mourino "Kamp Nou"dagi (3:0) mag‘lubiyatdan so‘ng "Liverpul"ning finalga chiqishiga ishonmaganini aytdi.
“Voqealar bunday tus oladi deb o‘ylamagandim. Ushbu o‘yin imkonsiz narsaning yo‘qligini yana bir bor ko‘rsatib qo‘ydi. “Enfild” esa bunday voqealar uchun eng zo‘r joy. Ushbu kambek Yurgen Klopp deb nomlanadi.
Ular mavsumni sovrinsiz yakunlashlari ham mumkin. Ammo, hozir ular Evropa chempioni bo‘lishga juda yaqin. Kloppning “Liverpul”dagi faoliyati shunchaki ajoyib. Uning jamoasida undan norozi bo‘lgan birorta futbolchi yo‘q”, - deydi Mourino.
Eslatib o‘tamiz, bugun bo‘lib o‘tadigan "Ayaks" - "Tottenxem" juftligi g‘olibi finalda aynan “Liverpul”ga qarshi o‘ynaydi.
Fikrlar