Mourinьo mag‘lubiyatdan keyin o‘tkir fikr bildirdi
“Real” bosh murabbiyi Joze Mourin'yo 2026/2027 yilgi mavsum La Ligasining 4-turida “Betis”dan (0:1) uchralgan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
- Menimcha, jamoa kuchli o'yin o'tkazdi. Ba'zida mag'lub bo'lasan va sababini tushunmaysan... Buni qanday izohlash mumkin?
Biz katta ustunlikka ega bo'ldik, markaziy himoyachilar a'lo harakat qilishdi, ular maydondagi barcha voqealarni nazorat qilishdi. Hujumda ko'plab kombinatsiyalar, ko'plab golli vaziyatlar bo'ldi. Agar uchrashuv durang bilan yakunlanganida, xafa bo'lardik, chunki ko'proq ish qildik.
Mag'lubiyatdan keyingi holatimizni tasavvur qiling. Karlos Espi fantastik zarba berdi. Balki u yerda ofsayd bo'lgandir yoki yo'qdir, ammo u o'z vazifasini bajardi. Uning salohiyati juda katta va u rivojlanishda davom etadi, chunki u kamtar, mehnatkash va o'rganishni xohlaydi. Men bu futbolchidan juda mamnunman.
Uchrashuvdagi bahsli vaziyatlar haqidami? Men ularni batafsil o'rgandim. Kiyinish xonasida ushbu epizodlarni ko'rmadim, shuning uchun ularga baho bera olmayman, - deya Mourin'yoning so'zlarini Marca keltirdi.
La Liganing to'rtta turidan keyin “Betis” to'qqiz ochko jamg'arqan va uchinchi o'rinni egallab turibdi. Joze Mourin'yo jamoasi ham to'qqiz ochko to'plagan, ammo qo'shimcha ko'rsatkichlar evaziga ikkinchi o'rinda bormoqda.

Fikrlar