Mourino: Menga Brunu Fernandesh kerakmas

  • 03.07.2020 11:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Tottenxem” bosh murabbiyi Joze Mourino o‘z shogirdi Jovanni Lo Chelsoni “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Brunu Fernandeshga almashtirmasligini ma’lum qildi.

“Tottenxem” o‘tgan yili portugaliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan edi va Brununing narxi ularga qimmatlik qilgani bois, “Betis”dan 27 million funt evaziga Jovanni Lo Chelsoni transferini amalga oshirgan.

- Men bu gaplardan bexabarman. Shunday bo‘lgan taqdirda ham Lo Chelsoni Fernandeshga almashtirmagan bo‘lardim, - dedi Joze Mourino.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!