Mourinyo mundialda O‘zbekiston bilan o‘ynaydigan terma jamoaga bosh murabbiy bo‘ladi

  • 14.02.2026 07:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Portugalya futbol federatsiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyi lavozimiga mashhur mutaxassis Joze Mourin'oni tayinlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

ESPN xabariga ko‘ra, Mourin'oga terma jamoani boshqarish taklifi hozirgi bosh murabbiy Roberto Martines bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddati tugaganidan keyin beriladi.

Martinesning shartnomasi 2026 yil 31 iyulga qadar amal qiladi. Jahon chempionatida aynan mana shu murabbiy ishlaydi. Portugalya terma jamoasi mundialda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olgan.

Ayni paytda Joze Mourin'o Lissabonning “Benfika” klubini boshqarmoqda. 63 yoshli murabbiyning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!