
Mourino: "O‘ninchi daqiqadan so‘ng, g‘alaba qozonishimizni his qildim"
A Seriyaning 17-turidan o‘rin olgan "Roma" - "Napoli" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvning 66-daqiqadasida Politano qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 76-daqiqada esa Pellegrini hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 86-daqiqada Osimxen ham o‘yindan chetlashtirildi va mehmonlar 9 kishi bo‘lib qoldi. 90+6 daqiqada bo‘lsa Lukaku o‘yinga nuqtani qo‘ydi. O‘yindan so‘ng Joze Mourino o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Rojdestvo" bayrami arafasida g‘alaba bizni xursand qildi. Barcha qiyinchiliklarga qaramay g‘alaba qozondik va turnir jadvalida yuqoririladik. Uchrashuvning dastlabki o‘n daqiqasidan so‘ng men g‘alaba qozonishimizni his qildim. Biz o‘yinni nazorat qildik va g‘alaba qozonishga haqli edik", - deya Mourinoning so‘zlarini keltirmoqda "calcionapoli1926.it" nashri.
Ma’lumot uchun, rimliklar ayni damda 28 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar