Mourino: "O‘ylaymanki, u meni 70 yoshda ham eslaydi"
"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourino nega Skott Maktomineyni formasini so‘raganini aytdi.
"Men Skottga "Manchester Yunayted"da debyut qilish imkonini berdim. Aynan u sabab Pogbani zaxira o‘rindig‘iga o‘tqazganman. Shuning uchun, u menga hech bo‘lmasa, futbolkasini sovg‘a qilishi shart edi. U mag‘lubiyatdan xafa edi, biroq bu futbol. Men bilan 5 daqiqa gaplashdi, lekin kayfiyati yo‘q edi. Hozir u "Napoli"da juda baxtli. Maktominey uchun yaxshi davrlar bo‘lyapti. Bizda juda yaxshi aloqa bor va o‘ylaymanki, u meni 70 yoshida ham eslaydi", - dedi portugaliyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Mourino boshqaruvidagi "Benfika" Evropa Chempionlar ligasining 6-turidan so‘ng 6 ochko bilan 25-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar