Mourino O‘zbekiston chempioni bo‘lgan futbolchini tilga oldi

  • 9 yanvar, 2023, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino Pele o‘ynagan davrdan keyin Braziliyadan chiqqan eng zo‘r o‘yinchilar haqidagi savolga javob berdi.

Tecno

- Neymar – fantastik talant sohibi. Bunga hech kimda hech qanday shubha bo‘lishi mumkin emas. U Evropaga keldi va darrov g‘alaba qozonishni boshladi.

Lekin men odamlar o‘z davrida dunyoning eng zo‘r o‘yinchilari bo‘lgan futbolchilar, xususan, Ronaldo va Rivaldoni unutib qo‘ydi, deb hisoblayman. Men faqat ikki charm to‘p ustasini nomini aytdim, aslida yana ko‘prog‘ini sanashim mumkin.

Bu o‘yinchilar ham Evropaga kelib, fantastik darajada o‘ynagan va xalqaro maydonda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgan.

Neymar hozir ham Evropa elitasidan joy olish uchun kuramoqda, Braziliya bilan jahon chempioni bo‘lish esa unga orzu bo‘lib qoldi, - dedi Joze Mourino.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan Rivaldo 2008-2010 yillar davomida “Bunyodkor”da to‘p tepib, O‘zbekiston chempioni va chempionat to‘purari bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Yusupov Ibrohim
09/01/2023 19:12
Iltimos yozilgan maqolalarni chiqarishdan oldin tekshirib chiqila.Rivaldo Bunyodkorda 2008-2020 yillar oraliğida óynab,ón ikki martta chempion bólgan demadinglarde.
&
nasafim
09/01/2023 19:54
Эй худо узинг кечиргин товбааа
&
Локо
10/01/2023 13:39
Энди Ўзбекистонда ўйнаган ўйинчи (қари Ривалдо)ни Моуриньо тилга олди деб фахрланиб юришимиз керакмикан. Аксинча Ривалдо "Бунёдкор"да ўйнаб соққа қилиб кетганига хурсанд бўлмайдими. Ўша пайтларда Ривалдо дўсти Роберто Карлосни хам чақиртиргани у эса рози бўлмагани хам ростмикан.
Saatov Ulugbek
09/01/2023 20:02
Мухлислар жуда зийрак!