Mourino qishda o‘z jamoasiga “Real” yulduzini olib kelmoqchi

  • 10 oktabr, 2024, 13:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Fenerbahche”ga bosh murabbiylik qilayotgan Joze Mourino klub rahbariyatidan qishki transferlar davrida tarkibni kuchaytirishni so‘ramoqda.

Tecno

Ispaniyaning  AS nashri ma’lumot berishicha, portugaliyalik mutaxassis “Real”dagi turkiyalik o‘yinchi Arda Gyulerni olib kelishni istayapti.

“Qirollik klubi”dagi kuchli raqobat tufayli Arda Gyulerga etarli darajada o‘yin amaliyoti berilmayapti. Shu bois, “Fenerbahche” turkiyalik muxlislar yoqimtoyiga aylangan Arda Gyulerni mavsum oxiriga qadar ijaraga olmoqchi.

19 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda o‘n marotaba maydonga tushib, jami 291 daqiqa o‘ynadi va samarali harakatlarni amalga oshira olmadi.

Ta’kidlash joizki, Arda Gyuler “Fenerbahche”ga begona emas. U klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Turk klubi o‘z o‘yinchisini 2023 yilning yozida “Real”ga 20 million evroga transfer qilgandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!