
Mourino "Real" himoyachisini "Tottenxem"da ko‘rmoqchi
“Real” himoyachisi Eder Militao “Tottenxem”ning qiziqishlar doirasiga kirdi.
AS nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “shporlar” ustozi Joze Mourino 22 yoshli futbolchini o‘tgan yozdagi transferlar davrida sotib olishni ko‘zlagan edi. Hozir londonliklar yana shu masalaga qaytgan.
Portugaliyalik mutaxassisning fikricha, Militao “Tottenxem”ning himoya chizig‘ini kuchaytira oladi.
“Real” Militaoni “Portu”dan 50 mln evroga sotib olgan edi. U joriy mavsum La Ligada bor yo‘g‘i 2 ta o‘yinda ishtirok etdi xolos.
Fikrlar