Mourin'yo “Real”da qancha maosh oladi?

  • 25.05.2026 06:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsizliklardan keyin bosh murabbiylikka Joze Mourin'oni olib kelishga qaror qilgan Madriddning “Real” klubi mashhur mutaxassisga qancha maosh to‘lashi ma'lum bo‘ldi.

Kelishuvga ko‘ra, portugaliyalik murabbiy har mavsum uchun “Qirollik klubi”dan 6 million yevro miqdorida mablag‘ olishili belgilandi.

Bu summa madridliklarning avvalgi murabbiyi Xabi Alonsoning maoshiga yaqin. Bu haqida Sport.es nashri jurnalist Ramon Al'vares de Monga tayanib xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda portugaliyalik mutaxassis necha mavsumlik shartnoma imzolashi noma'lum bo‘lib turibdi.

Shuningdek, Sport.es sayti “Real” Mourin'oning amaldagi klubi “Benfika”ga shartnomani muddatidan oldin bekor qilish uchun 7 million yevro to‘lashi haqidagi ma'lumotni ham tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso jamoani 2025 yilning yozidan 2026 yilning yanvarigacha boshqargan. Mourin'o esa Ispaniya grandida 2010 yildan 2013 yilgacha ishlagan va katta natija ko‘rsatgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!