Mourin'yo "Real"dagi ishini tezroq boshlashni istamoqda
Joze Mourinyo yaqin vaqt ichida Madriddning "Real" klubi bosh murabbiyiga aylanishi kutilmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis bilan kelishuv may oyidayoq amalga oshgan. Biroq klub prezidenti Florentino Peres 7 iyun kuni prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga qaror qilgani sababli rasmiy tayinlov kechiktirilgan.
"Diario AS" nashri xabariga ko‘ra, Mourinyo ushbu kechikish tufayli ikki haftaga yaqin qimmatli vaqt yo‘qotilgan deb hisoblamoqda. U bu vaqt ichida jamoa bilan ish boshlashi mumkin edi.
Endi saylovlar yakunlanib, Peres yana prezident etib saylangandan keyin, murabbiy o‘z vazifasiga tezroq kirishishni istamoqda.
Agar tayinlov amalga oshsa, Mourinyo 13 yildan so‘ng "Real"ga qaytadi. U 2025/26 yilgi mavsum tugagach lavozimini tark etgan Alvaro Arbeloa o‘rnini egallaydi.

Fikrlar