
Mourino "Real"ga qaytishi mumkin
Xabarlarga ko‘ra, Karlo Anchelotti joriy mavsum yakunida "Real Madrid" bosh murabbiyi lavozimini tark etadi. Madrid klubi allaqachon jamoaga yangi murabbiy izlash ustida ishlamoqda. Hozirda Germaniyaning "Bayer" klubida ishlayotgan Xabi Alonso favorit bo‘lib turibdi, ammo Leverkuzen jamoasi yosh mutaxassisni kelasi yozda qo‘yib yubormasligi mumkin.
Vaziyatdan kelib chiqib, "qirollik klubi" Joze Mourinoni murabbiylik lavozimiga qaytarishi mumkin, deb yozadi "TodoFichajes". Qayd etilishicha, portugaliyalik mutaxassis “qaymoqranglilar” prezidenti Florentino Peres bilan hamon yaxshi munosabatlarni saqlab turibdi.
Mourino ayni damda “Roma”ni boshqarmoqda va uning shartnomasi joriy mavsum so‘ngigacha amal qiladi.
Fikrlar