Mourin'yo "Real"ga urgan darvozabon Trubin haqida nimalar dedi?

  • 29.01.2026 10:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Futbol ishqibozlari va mutaxassislar Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so‘nggi turida “Benfika” darvozaboni Anatoliy Trubinning “Real” darvozasiga urgan golini muhokama qilmoqda.

Lissabondagi uchrashuvda mezbonlardan 2:4 hisobida mag‘lubiyatga uchragan “Real” qit’aning eng nufuzli musobaqasida to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/8 finalga chiqish imkoniyatidan foydalanolmadi.

Uchrashuvdan keyin “Benfika” bosh murabbiyi Joze Mourinyo sensatsion gol haqida fikr bildirdi.

- Trubin xavf solib oldinga chiqdi. Biz havodagi o‘yinda kuchli emasmiz, ammo jussasi katta futbolchi ajoyib gol urdi.

Men Ivanovich va Antoniyni maydonga tushirganimda, 3:2 hisobi musobaqani davom ettirishimiz uchun yetarli bo‘ladimi yoki yo‘q, buni bilmasdim. Ular g‘alabani ushlab turish uchun chiqishdi.

Bu hisob bilan g‘alaba qozonish yetarli emasligini tushunganimizda, Otamendini ham oldinga yubordim. Jarima bo‘lgan vaziyatda Trubinni ham oldinga o‘tishini aytdim, Dal esa markaz chizig‘ida qoldi. Barcha 11 futbolchi bilan hujumga chiqmaslik uchun 10 kishi bordik, jussasi kichik futbolchi orqada qoldi, chunki g‘alaba baribir juda muhim edi, - dedi Mourinyo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!