Mourino “Roma” etakchisini Rimda qolishga ko‘ndirdi

  • 19 iyul, 2022, 12:33
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik yarim himoyachi Nikolo Zanolo "Roma"ni tark etish haqidagi fikrini o‘zgartirdi, deb xabar beradi “Sport Mediaset” nashri.

Tecno

Manbaning yozishicha, futbolchining bunday qarorga kelishiga jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino bilan bo‘lgan suhbat ta’sir qilgan. Portugaliyalik mutaxassis Nikolo bilan gaplashdi va uni Italiya poytaxtida qolishga ko‘ndirdi.

So‘nggi bir necha oy ichida Zanolo Turinning "Yuventus" klubiga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. “Keksa sinora” futbolchi uchun 50 million evro to‘lashga tayyor ekanligi aytilgandi.

Nikolo o‘tgan mavsumda “Roma”ning A Seriya doirasidagi 28 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Futbolchining “bo‘rilar” bilan shartnomasi 2024 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!