Mourino "Roma"ga "Chelsi"dan zo‘r futbolchi olib kelmoqchi

  • 6 oktabr, 2021, 16:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya terma jamoasi va “Chelsi” klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 28 yoshli futbolchiga “Roma”dan qiziqish mavjud. Uni shaxsan jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino tarkibda ko‘rmoqchi.

Ryudigerni qo‘lga kiritish rimliklarga oson bo‘lmaydi. Boisi uning uchun “Tottenxem”, “Yuventus” va “Bavariya” kabi grand klublar ham kurash olib bormoqda.

Antonio Ryudiger “Chelsi” safida 2019 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi. Transfermarkt portali uning transferini 35 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!