
Mourino "Roma"ga olib kelayotgan yulduz qachon shartnoma imzolaydi va qancha maosh oladi?
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino yaqinda «Manchester Yunayted»ni tark etgan “eski tanishi” Nemanya Matichni Rimda kutib olishga tayyorlanmoqda.
33 yoshli serbiyalik yarim himoyachining “Roma”ga ko‘chib o‘tishi bo‘yicha hali javobini kutayotgan ba’zi savollar bor, ammo Corriere dello Sport ma’lumotlariga ko‘ra, u yaqin bir hafta ichida A Seriya klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Ana undan so‘ng tomonlar o‘zaro “1+1” ko‘rinishida shartnoma imzolaydi.
Aytish kerakki, bu bir yillik shartnoma bo‘lib, agar Matich mavsum davomida 50 foizdan ko‘proq uchrashuvda maydonga tushsa yoki jamoa evrokuboklarga yo‘llanma olsa, ushbu kelishuv yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin.
Nemanya “Roma”da yiliga maoshi 3,5 million evro maosh olishi kutilmoqda. Bu bonuslar bilan birga 4,2 million evroga etishi mumkin.
Fikrlar