Mourino "Roma"ga Ronaldudan so‘ng Ramosni chaqirdi

  • 20.06.2021 16:27
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Serxio Ramos faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Calciomercato nashri xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Joze Mourino sobiq shogirdini Rimga chorlamoqda. O‘z navbatida, murabbiyning bu istagidan so‘ng ispaniyalik himoyachiga "Roma" ham qiziqish bildirgan.

Ramos "Real"dan ketishini e’lon qilgach, portugaliyalik mutaxassis u bilan telefon orqali muloqot qilgan. 35 yoshlik futbolchi "Roma"ni tanlashi uchun ko‘ndirishga urindi. Biroq uning Rimga ko‘chib o‘tishi uchun moliyaviy masalalar ham hal qilinishi kerak. "Roma" rahbariyati bu tomonini o‘ylab ko‘rishi lozim. Har holda Serxio kichkina summaga kelmasligi aniq.

Joze Mourino avvalroq Ronalduni ham o‘z yoniga chorlagandi.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!