Mourino Shomurodovdan qimmat turadigan futbolchini oladi
“Roma” mutasaddilari Frantsiya chempionatida “Lill” sharafini himoya qilayotgan himoyachi Sven Botman transferi bo‘yicha ish boshladi.
Rimliklar niderlanliyalik futbolchini qishki transferlar vaqtida o‘z safiga qo‘shib olishni mo‘ljallamoqda.
Joze Mourino 21 yoshli o‘yinchini tarkibga qo‘shishi uchun klub “Lill” vakillariga 30 million evro to‘lashi kerak bo‘ladi. O‘tgan yozda Temmi Abraxamga 40 million, Eldor Shomurodovni olish uchun 17,5 million evrodan voz kechgan rimliklar frantsuzlar talab qilayotgan summani qimmatligini aytmoqda.
Agar bu transfer o‘xshamasa, “Roma” rahbariyati “Feyenoord” vakili Markos Senesi va “Galatasaroy” o‘yinchisi Markao Teysheyra transferiga e’tibor qaratadi.

Fikrlar