
Mourino sobiq shogirdini "Roma"ga olib kelmoqchi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Skott Maktominey Italiyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. Unga "Roma"dan taklif bor, deya xabar tarqatdi insayder Sasha Tavolieri.
Rimliklar safini Nemanya Matich tark etishi mumkin. Agarda 35 yoshli futbolchi jamoadan ketsa, uning o‘rni Maktominey bilan to‘ldirilishi mumkin. Shotlandiyalik uchun MYu kamida 40 million funt istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2016-2018 yillar davomida Skott va Mourino "Manchester Yunayted"da birga ishlagan.
Fikrlar