
Mourino uni "qaytarmoqchi"
"Il Tempo" nashrining xabariga ko‘ra, "Roma" "Atletiko" yarim himoyachisi Saulni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Tajribali futbolchi "matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeone rejalariga kirmayapti.
Mourino futbolchi jamoga A Seriya va Evropa Ligasida yordam bera olishiga ishonmoqda. O‘tgan mavsumni havbek ijara asosida "Chelsi"da o‘tkazgan edi. U eng omadsiz transferlar ro‘yxatidan o‘rin egallagandi.
Saul "ko‘klar" safida barcha musobaqalarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar