Mourino: Uning gapi bir pul!

  • 18 aprel, 2021, 18:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Yaqinda “Manchester Yunayted” yulduzi Pol Pogba jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher va avvalgi ustozi Joze Mourinoni o‘zaro taqqoslagan edi.

Frantsiyalik yarim himoyachi portugaliyalik mutaxassis o‘zgaruvchan ekani, o‘ziga ma’qul kelmay qolgan futbolchiga umuman imkon bermasligi, o‘zi bilan munosabatlari nega buzilganini hamon tushunmasligini aytib, murabbiyning xarakterini tanqid qilgandi.

Joze buni javobsiz qoldirmadi.

- Men Pogbaning gaplari umuman ahamiyatsiz ekanini aytmoqchiman. Uning nima deb o‘ylashi meni umuman qiziqtirmaydi, - dedi Joze Mourino.

Mourinyu “Manchester Yunayted”ni 2016-2018 yillar davomida boshqargan. Uning qo‘l ostida manchesterliklar Evropa Ligasi, Angliya ligasi kubogi va mamlakat Superkubogida g‘olib chiqqan.  

Sulsher dushmanlik qilmaydi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!