Mourino: Yaxshi ko‘rgan insonlarimiz bilan ba’zan darddoshmiz, ba’zan esa...

  • 25.12.2023 13:51
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Joze Mourino "Roma" futbolchilari bilan munosabatlari haqida gapirdi. 

"O‘yinchilar bilan yaxshi munosabatdamiz va bu menga ba’zida tajovuzkor va tanqidiyroq bo‘lishga imkon beradi. Yaxshi ko‘rgan insonlarimiz bilan ba’zan darddoshmiz, ba’zan esa ular bilan bahslashishimiz mumkin. Bu jarayon ularni ko‘proq yaxshi ko‘rishimizga imkon beradi. 

Ular bilan ishlash menga yoqadi. O‘ylaymanki, futbolchilar o‘z navbatida men bilan ishlashdan zavq olishadi", - dedi "bo‘rilar" ustozi. 

17 turdan so‘ng Rim klubi A Seriyada 6-o‘rinni band etib turibdi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!