
Mourino yoqtirmaydigan futbolchini boshqa klub oladi
“Roma” rahbariyati A Seriya debyutanti “Montsa” jamoasi bilan ispaniyalik yarim himoyachi Gonsalo Vilyar transferi bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda.
Mourino kelganidan keyin 24 yoshli futbolchining “Roma”da ishlari yurishmay qoldi. U mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida “Xetafe”da o‘tkazdi. Ispan klubi uning harakatlaridan qoniqmadi va transfer huquqini sotib olishdan bosh tortdi.
Gonsalo Vilyar “Montsa” bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgani aytilmoqda. Hozir klublar o‘zaro ijara shartnomasini muhokama qilmoqda. “Montsa” Vilyarni keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga olmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, bu transfer “Roma”ga 7 million evro olib keladi. Shuningdek, “Montsa” o‘yinchining ishtirokiga qarab, ikki million evro bonus to‘lashi ko‘zda tutilgan.
Fikrlar