Mourino “Yuve”ga boy berilgan o‘yindan keyin shogirdlariga nima deganini bilasizmi?!
A Seriyaning 8-tur markaziy uchrashuvida “Yuventus” o‘z maydonida “Roma”ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.
Aslida Joze Mourino shogirdlarida mag‘lubiyatdan qutilib qolish imkoni bor edi. Lekin Jordan Veretu penaltidan unumli foydalana olmadi. Joze Mourino o‘yindan keyin jamoasini maqtadi.
- Bugun buyuk “Roma”ni ko‘rdim. Kiyim almatirish xonasida o‘yinchilarimga ham xuddi shu gapni aytdim. Ha ochko yo‘q, bellashuv boy berildi, lekin “Roma” har bir jihatdan zo‘r o‘ynadi.
Men shogirdlarimda shijoat, o‘ziga ishonch va umidni ko‘rdim. Mag‘lubiyat shundayligicha qoladi, biroq jamoaning o‘sishi vaqt bilan bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim. G‘oliblikka munosib jamoa mag‘lub bo‘ldi. Futbol o‘zi shunaqa.
Penalti bilan bog‘liq vaziyatni sharhlamayman. Hozircha, bu borada barcha ma’lumotlarga ega emasman va videotakrorni ko‘rmadim. E’tiborni mening jamoam qanday o‘ynaganiga qaratishim lozim, - dedi Joze Mourino.



Fikrlar