
Mourino zo‘r hujumchi tanladi
“Tottenxem” rahbariyati 20 million funt evaziga “Sautgempton” yarim himoyachisi Per-Emil Xayber transferini o‘z foydasiga hal qilinganidan keyin, hujum chizig‘ini kuchaytirishga kirishdi.
Mourino asosiy to‘purar Harri Keynning yonida Kallus Uilsonni ko‘rmoqchi. Bu hujumchi “Bornmut”ning premer-ligada qolishiga yordam bera olmagan bo‘lsa-da, eng mahoratli futbolchilardan biri sifatida qator jamoalar e’tiborini tortmoqda.
Qolaversa, Kallum Uilson Angliya terma jamoasidagi joyini saqlab qolish uchun yuqori divizion jamoasida to‘p surishi shart. Joriy mavsumda u 35 ta o‘yinda 8 ta gol va 4 ta assist qayd etdi.
Fikrlar