Mourinyoga Angliyadagi top-klubdan ish chiqdi

  • 18.02.2026 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Portugaliya chempionatida “Benfika” jamoasiga bosh murabbiy qilayotgan taniqli mutaxassis Joze Mourinyo faoliyatini yana Angliya Premier-ligasid davom ettirishi mumkin.

The Touchline jurnalistlariga Joze Mourinyo atrofidagilardan ma'lum bo'lishicha, Angliyaning yirik klublaridan biri portugalialik mutaxassisni bosh murabbiylikka taklif qilishni rejalashtirib qo'ygan.

Nomi oshkor etilmagan klub rahbariyati “Benfika”ning Yevropa Chempionlar ligasida Madriddning “Real” jamoasi ustidan ishonchli g'alabasidan katta taassurot olgan.

Qiziqi shundaki o'sha uchrashuvdagi g'alaba madridliklarning kuchli sakkizlikka kirib, to'g'ridan-to'g'ri 1/8 finaliga chiqishiga yo'l qo'ymadi. “Benfika” aynan o'sha g'alaba evaziga pley-offda ishtirok etadigan bo'ldi.

Qur'a har ikki jamoani pley-offda yana bir biriga ro'baro' qildi. Endi Angliya klubi navbatdagi to'qnashuv natijasini kutyapti. Agar Mourinyo shogirdlari Chempionlar ligasida pley-off bosqichida “Real”ni musobaqadan chiqarib yuborsa, u holda kelasi yozda APL grandi murabbiyni qo'lga kiritishga harakat qiladi.

“Benfika” va “Real” o'rtasidagi to'qnashuvning birinchi uchrashuvida madridliklar safar uchrashuvida Joze Mourinyo shogirdlarini 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Endi portugalialiklar 25 fevraldagi javob o'yinida vaziyatni o'zgartirishga harakat qiladi.

Avval Mourinyo Angliya chempionatida “Chelsi”da (ikki marta), “Manchester Yunayted” va “Tottenxem” jamoalarida  bosh murabbiy lavozimida ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!