Mourinoga ham yoqadigan futbolchi bor ekan

  • 12 avgust, 2020, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Mets” hujumchisi Habib Diallo faoliyatini Angliyada davom ettirishga yaqin turibdi.

Tecno

25 yoshli senegallik markaziy hujumchiga “Tottenxem” va premer-liga debyutanti “Lids” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Joze Mourino anchadan buyon Harri Keynga hujumda yordam beradigan va kerak bo‘lsa uning o‘rnini bosa oladigan mohir hujumchi qidirmoqda.

Angliyaning har ikki jamoasi “Mets” vakillari bilan transfer bo‘yicha muloqotni boshladi. Dialloning frantsuzlari bilan yana ikki yillik shartnomasi bor. Klub bu futbolchi transferidan 20 million evro ishlab olishni mo‘ljallamoqda.

Habib Diallo muddatidan oldin yakunlangan chempionatda 26 ta uchrashuvda 12 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

diallo

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!