Mourin'oni bizga bering, qancha badal bo'lsa, to'laymiz!

  • 04.06.2026 08:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” kelasi hafta bosh murabbiy Joze Mourinyo uchun 15 million yevro miqdoridagi tovon pulini to‘lash niyati haqida “Benfika”ni xabardor qildi.

Bu haqida Record nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, tomonlar avvalroq portugalialik mutaxassisning o‘tishi bo‘yicha kelishuvga erishgan va Madrid klubi 7 million yevro to‘lashga tayyor bo‘lgan.

Biroq iyun oyidan boshlab shartnomadagi tovon puli miqdori 15 million yevroga oshgan, to‘lovning kechikishi esa “Real”dagi prezidentlik saylovlari bilan izohlandi.

Klub prezidenti Florentino Peres jonli efirda qayta saylangandan keyingi ilk transferlar Joze Mourinyo va “Liverpul” himoyachisi Ibrohim Konate bo‘lishini ma’lum qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!