
Mourinoning davri o‘tdimi? Jozening iste’fosiga Davron Fayzievdan munosabat
Bugun Evropa futbolida katta o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Ulardan biri "Tottenxem" Joze Mourinoni lavozimidan ozod etganidir.
Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida ushbu iste’foga munosabat bildirdi.
Uning fikricha, hali Jozening davri tugamagan, portugaliyalik mutaxassis o‘zini ko‘rsata olishi va bu balki o‘rtamiyona klubda ro‘y berishi mumkinligi haqida yozib qoldirdi.
- Joze Mourino "Tottenxem"dan bo‘shatildi. Ko‘pchilik uning davri o‘tdi, demoqda. Shoshmaylik. Mening fikrimcha, u tiklana oladi. Lekin top klubda emas va Angliyada emas, - dedi Joze Mourino.
Fikrlar