Mourinyu Evrani "MYu"ga qaytaradi, ammo...
Avval xabar berganimizdek “Yuventus” himoyachisi Patris Evra faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettirishi mumkin. Mankuanliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyu Evra borasida turinliklarga rasmiy taklif bilan chiqishga tayyor. Ammo, portugaliyalik mutaxassis Evradan futbolchi sifatida emas, balki, murabbiy sifatida foydalanmoqchi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 35 yoshli frantsuzning tajribasi jamoaga yordam berishi mumkin. Biroq, Evraning o‘zi hali butsilarini mixga ilmoqchi emas. Bunday holatda Evra “qizil iblislar” safida o‘ynovchi murabbiy bo‘lib faoliyat olib borishi ham mumkin.

Ma’lumot uchun, Patris Evra 2006-2014 yillarda aynan “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan. Uning “Yuventus” bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi. Evra bu mavsum A Seriyada 6ta, EChLda 6ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Fikrlar