Mourinyu MYuga "RB Leyptsig" futbolchisini olib kelmoqchi

  • 13 noyabr, 2017, 10:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu “RB Leyptsig” klubining shvetsiyalik yarim himoyachisi Emil Forsbergning xizmatlariga jiddiy qiziqib qoldi va uni o‘z jamoasiga olib kelishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatdi.

Tecno

Yuqoridagi manbaaning yozishicha portugaliyalik mutaxassis 26 yoshli futbolchini Shvetsiya terma jamoasi safida Italiyaga qarshi bo‘lib o‘tgan JCh-2018 pley-off o‘yinida kuzatgan.

Ta’kidlash lozimki, Forsbergning xizmatlariga o‘tgan yoz ko‘plab Evropaning grand klublari jiddiy qiziqish bildirishgan, biroq, o‘shanda nemis klubi rahbariyati futbolchini qo‘yib yuborishni istamagan.

Ma’lumot uchun, Emil joriy mavsum Bundesliganing jami 9ta uchrashuvida maydonga tushdi va jamoasining 2ta goliga assistentlik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!