Moyes MYuning xatosi bo‘lgan edi

"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Xaver Ernandes klubga 2013/2014 mavsumda ustozlik qilgan  Devid Moyes haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Moyes yomon murabbiy emas, u bilan kelishmovchiligimiz bo‘lmagan, biroq MYu uni jamoaga olib kelib xato qildi. Klub bu xatoning badalini hamon to‘lamoqda.

Rahbariyat Devidni Fergyusonning merosxo‘ri sifatida ko‘rgan, biroq bu imkonsiz. Hattoki Gvardiola, Mourino va Klopp ham Ser Aleksning darajasidagi murabbiylar emas", - deydi Chicharito.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!